Golden House tog‘li manzaraga ega xonadonlar sotuvi boshlanganini e'lon qildi

Jamiyat 16:00 / 16.02.2021 11050

Tasavvur qiling, dam olish kuni. Uyg‘otkich (budilnik) o‘chirilgan va siz to‘liq uyquga to‘ygan holda uyg‘onasiz. Pardani ochasiz, derazadan quyosh kulib boqadi. Pastda, hovlida obod maysazorlar ko‘karib turibdi. Ufq chizig‘ini qorli qalpoq kiygan qudratli tog‘lar berkitmoqda. Kichik Shveytsariyadan nimasi kam?

O‘zingizni «deyarli Yevropada» his qilish oson: Golden House Assalom Maxtumquli turar joy majmuasining ikkinchi uyida sotuvlar boshlanganini e'lon qiladi. Aynan mana shu uyning derazalaridan ma'yus sanoat va shahar ko‘rinishi emas, Chimyon tog‘larining ajoyib manzaralari ochiladi.

Yurak tanlovi

Assalom Maxtumquli turar joy majmuasi uyida ko‘chmas mulk bozoridagi ko‘plab takliflar oldida afzalliklarga ega: u qurib bitkazilgan. Sotuvga turli maydon va tarhga ega xonadonlar qo‘yilgan. Ularni menejyer ta'rifi yoki planshet ekranidagi rasmlar orqali emas, bevosita o‘zini ko‘rishingiz mumkin. Keling, bo‘lajak uyingizni shaxsan ko‘rib chiqing, qurilish va ta'mir sifatiga amin bo‘ling va o‘zingizga ma'qul bo‘lgan xonadonni tanlang.

Xaridorlar uchun kompaniya ko‘plab sovg‘a va syurprizlarni tayyorlab qo‘ydi. Misol uchun, Assalom Maxtumquli TJMdan xonadon xarid qilib, anchagina pulni tejab qolish mumkin, negaki xonadonlar to‘liq ta'mirlangan holda taqdim etiladi: elektrika, isitish, santexnika va pardozlash ishlari to‘liq bajarib bo‘lingan, barcha eshik va derazalar o‘rnatilgan, polga laminat, sanuzellar poliga esa keramik plitalar yotqizilgan. Siz shunchaki kerakli maishiy jihozlar va mebellarni olib kirib, yashashni boshlashingiz mumkin.

Oilalar to‘planadigan joy

Xonadonlarning yana bir afzalligi shundaki, ular shinam va qulay oshxona bilan birga taqdim etiladi. Ko‘pchilik uchun oshxona – bu butun oila to‘planib tushlik qiladigan, mehmonlar kutiladigan, rejalar tuziladigan, ko‘ngildan suhbatlar qilinadigan joy hisoblanadi. Aynan shuning uchun unga ko‘p e'tibor qaratiladi. Golden House kompaniyasi Assalom Maxtumquli turar joy majmuasidan xonadon xarid qilganlarga 18 mln so‘mlik oshxona garniturini sovg‘a qiladi.

Aynan sizning oshxonangiz hajmiga moslab yasalgan xay-tek uslubidagi qulay mebel, zamonaviy maishiy texnika – gaz plitasi, duxovka va havo tortish uskunalari hamda ajoyib santexnika moslamalari bilan birga taqdim etilishi har bir yangi uy egasini xursand qilmay qolmaydi. Shkaflar bolalar uchun xavfsiz, astalik bilan va shovqinsiz yopiladi.

Turar joy majmuasi – shahar bezagi

Assalom Maxtumquli turar joy majmuasida nafaqat deraza ortidagi manzaralar ko‘ngilni quvontiradi, majmuaning o‘zi ham juda chiroyli ko‘rinishga ega. Yuqori qulaylikka ega bir nechta 9 qavatli yorqin binolar odatiy oq alyukobondli va ko‘k oynabandli ko‘plab binolardan ajralib turadi. Shahar manzarasini majmua faol hordiq chiqarish va sayrlar qilish uchun ko‘kalamzorlashtirish hududlari to‘ldirib turadi. «Mashinasiz hovli» konsepsiyasini rezidentlar va uning mehmonlari uchun mo‘ljallangan yerusti avtoturargohi ta'minlab turadi.

Majmua Yashnobod tumanida, sekin-asta poytaxtning yangi markaziga aylanib borayotgan Maxtumquli ko‘chasida joylashgan. Yaqin atrofdagi maktab, bolalar bog‘chasi, bozor va supermarketlar, tibbiyot klinikalari, bog‘larga atigi bir necha daqiqa yetib olish mumkin. Toshkentdagi yagona uch qavatli yo‘l tarmog‘i piyoda yurish masofasida joylashgan. Majmuaning markazda joylashganiga qaramay, atrof-muhitdagi havo sof, ekologik holat – yaxshi, tog‘lar esa ertalablari ochiq chehra bilan qorli qalpoqlari bilan kutib olishda davom etadi.

Assalom Maxtumquli savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

Mo‘ljal: Makro supermarketi

Call-markaz: +99878-150-11-11

Sayt: assalom.gh.uz

Telegram: t.me/assalom_gh

Facebook: fb.com/assalom.gh

Instagram: @assalom.gh

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: