Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi 49,7 foizni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax (80,5 foiz), Namangan (73,9 foiz), Xorazm (72,2 foiz), Samarqand (71,6 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (18 foiz), Navoiy (33,2 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (28,2 foiz) qayd etilgan.
Shuningdek, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarida kichik tadbirkorlik subektlari ulushi 72,4 foizga teng bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Sirdaryo (97,5 foiz), Jizzax (96,3 foiz) va Andijon (93,4 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri (71,1 foiz), Navoiy (78,6 foiz) va Buxoro (79,4 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida 202 trillion so‘m asosiy kapitalga bo‘lgan investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Ularning 65,4 foizi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan. Korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan summa esa 34,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga kam hisoblanadi.