Qashqadaryoda qiz va onasini sharmanda qilmoqchi bo‘lgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Jamiyat 12:35 / 13.02.2021 20677

U 21 yoshli Shahzod X. uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2021 yil 9 fevral kuni  I.Q.ning murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Shahzod X., tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.dan qizi S. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: