Hokimlik xabariga ko‘ra, uchrashuv 13 fevral kuni soat 12:00da «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, shahar hokimligi yangi majmua qurilishi uchun «Moviy gumbazlar» joylashgan bog‘ni tanlagani e'tirozlarga sabab bo‘ldi.
Majmua loyihasi uchun tanlov e'lon qilingach, ko‘p o‘tmay bir guruh faollar bunga qarshi petitsiya boshlashdi. Onlayn petitsiyada 7 mingdan ortiq kishi ovoz bergan, bevosita 5 mingdan ortiq fuqarodan yig‘ilgan imzolar prezidentning Xalq qabulxonasiga topshirilgan.
Xiyobondagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. Hokimlik ular himoyaga olinishini bildirgan.