DXX Surxondaryoda noqonuniy yer sotish holatiga chek qo‘ydi

Jamiyat 20:02 / 12.02.2021 14698

«Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i «Yoshlar - kelajagimiz» davlat dasturi doirasida «Qorayontoq» mahallasi hududidan 4,5 sotix yer maydonini o‘z jiyani nomiga «Yoshlar mehnat guzari» qurilishi uchun auksion savdolari o‘tkazmasdan ajratilishiga erishadi.

 Afsuski, mazkur yer maydoniga «Yoshlar mehnat guzari» qurmasdan, aksincha, uni boshqa bir fuqaroga 180 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: