Kutubxonalarda saqlanayotgan kirill alifbosidagi adabiyotlarning lotin yozuvidagi elektron ko‘rinishlari yaratiladi

Jamiyat 17:24 / 11.02.2021 1818

Kun.uz’ga yetib kelgan hujjat matniga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha axborot kutubxona markazlari, tashkilotlar va boshqa kutubxonalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib boriladi.

Bu borada hujjatda 2022 yil mart oyiga qadar har bir vazirlik, idora va tashkilotlar o‘z tizimi doirasida reja-dastur ishlab chiqishi belgilangan. 

Qaror ijrosi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar mas'ulligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi elektron ko‘rinishlari ham yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: