Vazirlik: Bu yil maktabgacha yoshdagi bolalarning 65 foizi bog‘chaga qamrab olinadi

Jamiyat 13:55 / 08.02.2021 2451

Mutasaddi 2017 yilda bu ko‘rsatkich 27 foizni tashkil qilgani, joriy yilda qamrovni 65 foizga yetkazish maqsad qilinganini aytib o‘tgan.

Bugungi kunda respublika miqyosida 18 ming 254ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Shundan 6197tasi davlat MTT, 10 ming 244tasi oilaviy MTT, 788tasi davlat xususiy sherikchilik asosida va 1025tasi xususiy shakldagi MTT hisoblanadi.

«Ayni paytda respublika miqyosida 18 ming 254 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jami 1 699 566 nafar yoki 60,9 foiz maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar tarbiyalanmoqda.

Sohada amalga oshirilayotgan yangiliklardan biri – bolani maktabgacha sifatli tayyorlash. 2019-2020 yillardan 6 yoshli bolalarni maktabga majburiy tayyorlash bo‘yicha bepul dastur yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yilda 77 foiz 6 yoshli bolalar qamrab olingan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkichni 82 foizga yetkazish reja qilingan», degan mutasaddi.

Ko‘proq yangiliklar: