Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat 14:18 / 08.02.2021 1203

2021 yil uchun tasdiqlangan davlat dasturida nodavlat sud-ekspertiza faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Prezident farmoniga binoan 2021 yilda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishning davlat-xususiy sheriklik shakllari joriy qilinadi.

Bundan tashqari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan nodavlat ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlari belgilab qo‘yiladi.

Ma'lumot uchun, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha sud ekspertizasini o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaxassislar bo‘lgan tashkilot hisoblanadi.

Shuningdek, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari sifatida faqat sud eksperti faoliyat olib borishi mumkin. Sud eksperti faqat bitta nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir:

Ko‘proq yangiliklar: