Belgiyada 55 yoshdan kattalarga AstraZeneca vaksinasi tavsiya etilmaydi

Jahon 23:50 / 03.02.2021 2057

Belgiya regulyatori 55 yoshdan kattalarni emlashda AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni tavsiya etmadi.

"Sog‘liqni saqlash oliy kengashi AstraZeneca vaksinasi - 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar uchun yaxshi vaksina deb hisoblaydi", - dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vanderbruk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash "vaksina 55 yoshdan kattalarga ham yaxshi ta'sir qiladi deyish uchun ma'lumot yetarli emas" degan qarorga kelgan.

Vazirning bildirishicha, yaqin haftalarda bu borada qo‘shimcha ma'lumot olinadi.

YeI hukumati yanvar oxirida Yevroittifoqda AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinadan foydalanishga ruxsat bergandi. Ammo nemis mutaxassislari vaksina faqat 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchungina samarali degan xulosaga kelishdi. 

 AZD1222 vaksinasi AstraZeneca mutaxassislari va Oksford universiteti olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan.

Avvalroq O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2 mln 640 ming doza AstraZeneca vaksinasi olishi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: