Samarqand va Namanganda elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 18:29 / 20.05.2024 3271

Samarqand va Namanganda elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Loyiha YeTTB tomonidan moliyalashtirilishi kutilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 14–16 may kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida YeTTB yig‘ilishi va biznes-forumida transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov YeTTB Yevroosiyo infratuzilma departamenti rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. 

Unda Samarqand va Namangan uchun elektrobuslarni sotib olish bo‘yicha mandat hujjatlarini imzolash hamda Transkaspiy transport yo‘lagi tarkibiga kiruvchi 4R160 «Urganch – Mang‘it» (70 km) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish masalalari muhokama etilgan. 

Muzokaralar yakunida «Samarqand elektr avtobuslari» hamda «Namangan elektr avtobuslari» loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish to‘g‘risida mandat xatlari imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: