Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfon batareyasida ishlovchi sun'iy yurak ishlab chiqildi
Fransiyaning Carmat kompaniyasi smartfonlarda ishlatiluvchi litiy-ion batareyalarda ishlovchi sun'iy yurakni ishlab chiqdi.

Foto: carmatsa.com
Unilad nashrining xabar berishicha, Aeson deb nomlangan sun'iy yurak o‘rtacha odam yuragidan 3 marta og‘irroq. Uni yaratgan kompaniya 27 yildan beri sun'iy yurak ishlab chiqish ustida ishlar olib boradi.
Sun'iy yurak datchiklar va normal qon oqishini ta'minlovchi gidravlik tizim bilan jihozlangan hamda jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida yuqori sur'atlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qon oqishining tezligini sozlay oladi. Bu esa ushbu yurakni olganlar karavotga mixlanib yotish yoki doimiy ravishda maxsus qurilmalarga ulangan bo‘lish o‘rniga kuniga 4 soatga yaqin harakatlanishlari va bir qurilmani 5 yilgacha ishlatishlari mumkinligini anglatadi.
Carmat’ning sun'iy yuragi inson yuragi vazifalarini bajaradi va qon oqishini yengillashtiruvchi 4ta biologik klapan, 2ta qorincha, 2ta mikronasos, datchiklar, tashqi qurilma, batareya va qurilma ishlashini kuzatish uchun pultni o‘z ichiga oladi.
Fransuz kompaniyasi to‘liq implantatsiya qilinuvchi yurakni yurak yetishmovchiligining oxirgi bosqichidan aziyat chekuvchi bemorlarda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Avvalroq ushbu sun'iy yurak o‘rnatilgan bemor ortidan 2 yillik kuzatuv natijalari muvaffaqiyatli bo‘lgani ma'lum qilingan.
Kompaniya sun'iy yurakni sotish uchun Yevropa mutasaddi idoralarining ruxsatini 10 yil kutishiga to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa, fransuz kompaniyasi Yevropa tarixida sun'iy yurak sotishga ruxsat olgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Qurilma 2021 yil ikkinchi yarmida bozorga chiqarilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23
-
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi
Jahon | 23:05
Mavzuga oid

14:35 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi

21:40 / 09.12.2020
Energiya sig‘imi litiy-ion batareyalardan 2 barobar ko‘p yangi batareyalar taqdim etildi

08:19 / 19.11.2016