Nemis ekspertlari AstraZeneca vaksinasi 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchungina samarali deb topishdi

Jahon 20:59 / 28.01.2021 3376

Robert Koh instituti qoshidagi STIKO muntazam emlash komissiyasi a'zolari AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi faqat 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchungina foydali deb hisoblashmoqda. Bu haqda komissiya qarori loyihasiga tayanib ARD telekanali xabar berdi.

"Emlash 65 yoshdan kattalar uchun ham samarali deb xulosa qilishga ma'lumotlar yetarli emas", - deyiladi loyiha qarorida.

 Juma kuni Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) vaksinani Yevropa bozoriga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.

 Avvalroq OAV vaksina katta yoshlilarga ta'sir qilmasligi to‘g‘risida xabar qilgandi.

AZD1222 vaksinasi AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan. U Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi kabi vektor vaksina hisoblanadi. Vektor vaksinalari zaif holga keltirilgan zararsiz virus va koronavirus genini o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: