«Al-Beruniy» nomidagi o‘zbek-italyan Xalqaro maktabi kelajak uchun imtihon o‘tkazdi

Jamiyat 20:00 / 21.01.2021 17335

Dekabr oyi so‘ngida poytaxt maktablaridan 700 ga yaqin 2-10 sinf o‘quvchilari Al-Beruniy International School tomonidan o‘tkazilgan matematika va mantiqiy fikrlash bo‘yicha olimpiadada ishtirok etdilar. Ushbu olimpiadani kundalik toifadagi tadbirlardan ikki muhim jihat ajratib turdi:

- 35 million so‘m miqdoridagi mukofot stipendiyasi: unga eng yaxshi natijalarga erishgan 37 nafar o‘quvchi munosib deb topildi;

- olimpiadada o‘quvchilar bilimi mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan PISA dasturi (o‘quvchilar bilimi baholashning xalqaro dasturi) metodologiyasi asosida baholandi;

Ma'lumki, dunyoda ilk bor PISA sinovlari 2000 yilda o‘tkazilib, unda 30 ta mamlakat qatnashgan. Hozirda bu jarayonga 80 ta davlat qo‘shilgan. O‘zbekistonda xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mamlakatning ta'lim sifatini va o‘quvchilar bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar (PISA, TIMSS, PIRLS va b.) va tadqiqotlarda muntazam qatnashishini nazarda tutadi. Ushbu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlardan biri Al-Beruniy International School tomonidan tashlandi. Bu yerda o‘tkazilgan olimpiada doirasida PISA g‘oyalariga asoslangan uslubiy yondashuvdan foydalangan holda o‘quvchilar bilimi sinovdan o‘tkazildi hamda mazkur metodologiya umuman, maktab o‘quv jarayoni va bilim sifatini doimiy ravishda monitoring qilib borish usuli sifatida qabul qilindi.

- Sir emaski, zamonaviy dunyoda har qaysi mamlakat taraqqiyotining bosh omili ta'lim sifati hisoblanadi. Bu borada mamlakatimiz ta'lim dargohlarida bilimlarni yetkazishda yangi o‘qitish usullari, texnologiyalar va vositalardan foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. Ayni vaqtda ilg‘or jahon tajribasida o‘quvchilarni nafaqat to‘plangan ma'lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, balki ularda egiluvchan va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalasi markaziy o‘ringa qo‘yilmoqda, - deydi Po‘lat Ergashev, psixologiya fanlari doktori, Al-Beruniy International School ta'lim-tarbiya jarayonlari psixologik ta'minoti bo‘limi boshlig‘i.

Buyuk Britaniya boshlang‘ich va o‘rta ta'lim standartlari asosida ishlaydigan Xalqaro maktab ma'muriyati o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasi va bilim sifatini nazorat qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish ustida o‘z faoliyatining ilk kunlaridan buyon izlanishlar olib bormoqda.

- Biz Al-Beruniy International School bitiruvchisini shunchaki oliygohga kirish uchun tayyorlashni maqsad qilmadik. Maktab o‘z bitiruvchisini aqlli, mantiqiy fikrlaydigan va yangi narsa yaratishga, kashfiyot qilishga qodir odam sifatida ko‘rishni istaydi. Tabiiyki, mamlakatda xalqaro maydonda raqobatga qodir odamlar qancha ko‘p yetishib chiqsa, shunchalik tez o‘zbekistonlik olimlar orasidan ham Nobel mukofotiga da'vogarlar paydo bo‘ladi, - deydi ma'muriy idora rahbari Gulchehra Sidiqova.

Xalqaro maktab 2018 yilda faoliyat boshlagandan buyon jahon andozalari bo‘yicha sifatli maktabgacha va o‘rta ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘quv muassasasi ta'lim sohasida dunyoda yetakchi Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi akkreditatsiyasidan o‘tgan. Shunga muvofiq bugungi kunda Al-Beruniy International School'dagi o‘quv jarayoni mamlakatimiz umumta'lim dasturlari hamda Buyuk Britaniya ta'lim muassasalaridagi tamoyillarga asoslanadi. Bunda o‘quvchilar bilimini xalqaro sinov dasturlari negizida muntazam nazorat qilib borish asosiy vazifa sifatida ko‘riladi. Mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun maktab mutaxassislari TIMSS, PIRLS va PISA kabi bir qator xalqaro tadqiqot dasturlarini o‘rgandilar hamda PISA dasturining yondashuvlaridan foydalanishni maqsadga muvofiq bildilar.

- PISA metodologiyasi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarning O‘zbekiston uchun an'anaviy test tizimidan tubdan farqi shundaki, belgilangan topshiriqlar yordamida bilimlar hajmi emas, balki ularning sifati, o‘quvchi savodxonlik darajasi tekshiriladi: olingan bilimlarni hayotda qo‘llash qobiliyati, mantiqqa asoslangan holda tahlil qilish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari aniqlanadi, - deydi Ketrin Altundal, Al-Beruniy International School Pearson va STEM dasturlari bo‘yicha bosh koordinatori.

Murakkab vazifani bajarish uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Avvalo, PISA metodikasi bo‘yicha mahalliy ta'lim dasturlari va darsliklarga asoslangan test topshiriqlari bazasini yaratish kerak edi. Bu har bir o‘quvchining chorak, oy va hatto, hafta kesimida ma'lum mavzular bo‘yicha olgan bilimlari va yutuqlarini kuzatishga imkon yaratardi. Ushbu jarayonga o‘quvchilar bilimi va o‘zlashtirishi sifatini o‘rganish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan TestTime kompaniyasi mutaxassislari ham jalb etildi.

2020 yil davomida mutaxassislar O‘zbekistonning o‘quv dasturlari va o‘rta maktabning 1-11-sinflarida o‘qitiladigan asosiy fanlar: matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili darsliklarini o‘rgandilar. Ushbu material asosida tajribali xorijiy hamkasblar bilan yaqin hamkorlikda har bir mavzu bo‘yicha test topshiriqlari ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan topshiriqlar qanchalik ta'lim sifatini monitoring qilishning xalqaro tizimlarida qo‘llaniladigan uslublarga mos kelishi tajribali xorijiy ekspertlar tomonidan baholandi.

Shu tariqa PISA g‘oyasi va uslubiyotiga tayangan test sinovlari dekabr oyining oxirida Al-Beruniy International School tomonidan tashkil etilgan matematika bo‘yicha olimpiadaga asos bo‘ldi. Poytaxt maktablaridan 2-10-sinflarning 800 ga yaqin o‘quvchilari olimpiadada ishtirok etish istagida ariza topshirdilar, ulardan 700 ga yaqini o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, g‘oliblar – eng yaxshi natijalarga ega bo‘lgan 37 nafar o‘quvchi 35 million so‘mgacha stipendiya olish huquqiga ega bo‘ldi.

Maktab ma'muriyatidan ma'lum qilinishicha, maktabda asosiy fanlardan test sinovlari har oy so‘ngida muntazam ravishda o‘tkaziladi. Natijalarni bunday qiyosiy baholash o‘qituvchilarga o‘quv jarayonidagi zaif tomonlarni o‘z vaqtida aniqlash, o‘quvchi bilim ko‘rsatkichlari pasayib ketayotgan yoki turg‘unlikda qolgan vaziyatlarga nisbatan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatlidir. Zero, ta'limning asosiy vazifasi har bir o‘quvchining bilimi va iqtidorini vaqtida payqash, ularning rivojlanishi uchun mukammal sharoit yaratish, ro‘yobga chiqishida to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishdan iboratdir.

- Maktab o‘quvchilari testlarni qanchalik tez-tez topshirsalar, ular tezroq o‘z vaqtlaridan oqilona foydalanishni va imtihonlarning raqobat ruhiyatiga o‘rganadilar, psixologik jihatdan bunday vaziyatlarga tayyor bo‘ladilar, - deydi Gulchehra Sidiqova.

O‘zlashtirish va bilim darajasini mustaqil ravishda monitoring qilishning o‘quv jarayoniga kiritilishi maktabda ta'lim sifatini samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa kelajakda o‘z salohiyati va imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqara oladigan avlodni tayyorlaydigan xalqaro ta'lim muassasasi maqomini mustahkamlaydi.

PISA metodikasi bo‘yicha matematik olimpiada o‘tkazish tashabbusi maktab o‘quvchilari va ota-onalarning katta qiziqishi tufayli davom ettiriladi. Al-Beruniy International School mazkur katta tadbirni bir yilda ikki marotaba – yozgi va qishki ta'til davrida o‘tkazish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqlagan bo‘lib, uning ro‘yobga chiqarilishi tartibi bo‘yicha ma'lumotlar muassasaning barcha axborot maydonlarida muntazam yoritib borilishi belgilangan.

Mal'umot uchun telefon raqami: +998 55 5002200

Sayt: abis.education

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar: 

Facebook: fb.com/alberuniyschool

Instagram: alberuniyschool

Telegram: t.me/alberuniyinternationalschool

Youtube: youtube.com/channel/UChVHnU536FbayjgxLf5dNWA

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: