Qayd etilishicha, asosiy xorijiy sheriklar – Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bu borada tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
- mazkur xorijiy mamlakatlar bilan oliy va yuqori darajadagi delegatsiyalar almashuvini muntazam amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo va idoralararo qo‘shma komissiyalar va ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish;
- xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish;
- hududlararo (mintaqalararo, shaharlararo) hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.