Fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni ruxsatsiz tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlik joriy etiladi

Jamiyat 20:58 / 18.01.2021 866

2021 yilgi davlat dasturi loyihasida shaxsga doir ma'lumotlar muhofazasini takomillashtirishga qaratilgan choralar nazarda tutilgan.

Xususan, «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga shaxsiy ma'lumotlar rasm, audio va videoyozuv ko‘rinishida olinishi, tarqatilishi (OAVning har qanday turida, ommaga ma'lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaklda), shaxsning ogohlantirishsiz amalga oshirilishi taqiqlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarni rasm, audio, videoyozuv ko‘rinishida egallanishi, tarqatilishi va saqlanishi bilan bog‘liq talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi normalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: