Niderlandiyadan sintetik narkotika xarid qilgan farg‘onalik shaxs aniqlandi

Jamiyat 13:31 / 15.01.2021 4332
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Niderlandiyadan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, jo‘natmada «ABD-BUTINACA» nomli, 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda DBQ axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, mazkur pochta jo‘natmasiga buyurtma bergan va unga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.N mazkur pochta jo‘natmasini qabul qilib olish uchun kelgan paytda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

«Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.N mazkur giyohvandlik vositasini internet do‘koni orqali buyurtma berganligi ma'lum bo‘ldi. Shu tariqa fuqaro D.N. va boshqalarning jinoiy qilmishlari fosh etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi», – deyiladi bojxona organlari xabarida.

Avvalroq, biologik faol qo‘shimchalar ichida kokain olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar, Samarqandda 1 kilogrammdan ortiq marixuana savdosi hamda Toshkent viloyatidagi xonadonda 8 kilogramm og‘irlikda giyohvandlik vositasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.  

 

Ko‘proq yangiliklar: