Kongressmenlar Baydenning inauguratsiyasiga bronejiletlarda kelishni rejalashtirishmoqda 

Jahon 22:51 / 15.01.2021 7152

Meyyerning ta'kidlashicha, inauguratsiya oldidan kongressmenlar bronejiletlar xarid qilishga tushib ketishgan, kun tartiblarini o‘zgartirib, tansoqchilar bilan harakatlanishmoqda.

“Biz shunday ahvolga yetib kelganimiz juda qayg‘uli. Biroq kimdir bizni o‘ldirishga urinishidan xavotirlanmoqdamiz”, deb aytgan kongressmen.

Ta'kidlanishicha, Meyyer Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan 10 respublikachidan biri bo‘lib, u o‘z qarorini Tramp Vashingtondagi tartibsizliklar uchun qisman bo‘lsa ham aybdor ekanini tan olmagani bilan tushuntirgan. 

Avvalroq OAVda AP, Fox va NBC telekanallarining Kapitoliy yaqinidagi ofislarida oynalar va eshiklar mixlab tashlangani kadrlari paydo bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, jurnalistlar Kapitoliy yonida yana tartibsizliklar boshlanishi va ular qurolli hujumlarga aylanib ketishidan xavotirlanishmoqda.

6 yanvarda Vashingtonda Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandi va tartibsizliklar uyushtirishgandi. Bayden va demokratlar vaziyatning bunday tus olishida Trampni ayblashmoqda. Ularning ta'kidlashicha, aynan Tramp o‘z tarafdorlarini bunday harakatlar sodir etishga undagan. 

Tartibsizliklarning ertasi kuniyoq Vashingtonda komendantlik soati e'lon qilingan. Voqealar ortida kongressning vakillar palatasi Trampga impichment e'lon qilgan.

Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan. Tadbir davomida tartibni saqlashga 15 ming gvardiyachi jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: