Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pirotexnika buyumlari sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi - Hukumat qarori loyihasi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 24 noyabrdan boshlab respublika barcha hududlarida mutasaddi idoralar, tashkilotlar hamda jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda noqonuniy pirotexnika mahsulotlarining olib kirilishiga, mamlakat ichida saqlanishi, sotilishi va ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadlarida amalga oshirilib kelingan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida huquqbuzarlardan 1561ta holat bo‘yicha 3 mlrd 414 mln 70 ming 121 so‘m qiymatidagi 12 mln 127 ming 68 dona pirotexnika vositalari olib qo‘yilgan. 265 nafar huquqbuzar ma'muriy, 17 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan, 1055ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy choralar ko‘rish uchun sud idoralariga yuborilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xlopushka va bengal mushaklaridan tashqari maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlarining yakka tartibda foydalanish maqsadida erkin olib kirilishi, sotib olinishi, tashilishi va saqlanishi taqiqlanmoqda;
- texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III-V klasslari) foydalanishga faqatgina O‘zbekiston prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida, Ichki ishlar vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra hukumatning alohida farmoyishi asosida tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishiga va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi, sanoat maqsadidagilar bundan mustasno;
- ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida barcha turdagi xlopushka va bengal mushaklari, texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq beriladigan ommaviy tadbirni o‘tkazishga doir ruxsatnoma bo‘yicha ommaviy tadbir dasturi asosida amalga oshiriladi.
Bildirilishicha, loyihaning qabul qilinishi:
- barcha turdagi pirotexnika buyumlarining muomalasini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar zamonaviy talablar va ehtiyojlarga muvofiqlashtirilishiga;
- sohani davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi

12:02 / 30.12.2024