2020 yil xorijiy valutada ajratilgan kreditlar kamaydi

Iqtisodiyot 21:20 / 14.01.2021 2669

2020 yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar ulushi pasayib, ichki valuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 2020 yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 25 foizdan 18 foizga pasayishi kuzatilib, ichki valuta bozorida sotib olingan mablag‘lar ulushi 52 foizdan 58 foizga oshdi.

Shuningdek, ushbu davrda Markaziy bankning valuta bozoriga aralashuvi (intervensiyalari) oltin-valuta zaxiralarini barqaror saqlash (neytrallik prinsipi)ga asoslangan holda amalga oshirilgani xabar qilinmoqda. Bunda Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valutasining sof hajmi yil davomida sotib olingan oltin hajmi doirasida bo‘lishi ta'minlandi.

Xususan, hisobot yilida Markaziy bank tomonidan sotib olingan 56 trillion so‘mlik monetar oltin natijasida yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish maqsadida 53 trillion so‘m ekvivalentidagi valuta mablag‘lari valuta birjasida sotilgan.

Bosh regulyator uchun 2021 yilda ham valuta siyosatini erkinlashtirish jarayonini davom ettirish muhim hisoblanadi. Shu yili valuta kreditlari ulushini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya'ni kamida 2 milliard dollarga pasaytirish lozimligi ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: