Yunusobod yo‘llarida: Sanoqsiz chuqurlar, 2,2 millionlik jarimalar va loyihachi izohi

Jamiyat 22:22 / 11.01.2021 16903

Kun.uz 2020 yil noyabr oyida Toshkentdagi eng serqatnov va markaziy ko‘chalardan biri – Sebzor-Yunusobod yo‘li haqida reportaj e'lon qilgan edi. O‘tgan davr mobaynida yo‘l ta'mirdan chiqarildi, ammo tumanda haydovchi va piyodalarni qiynayotgan qator muammolar hamon o‘z yechimini kutib turibdi.

Kun.uz muxbiri Yunusobod yo‘llari haqida tayyorlagan navbatdagi reportajda tumandagi yo‘llarning ayrim qismlarida odatiy harakat yo‘nalishi o‘zgartirilgani, buning ortidan kelib chiqayotgan tushunmovchiliklar haqida so‘z yuritadi.

Ahmad Donish ko‘chasining katta qismi o‘tgan yili ta'mirdan chiqarilib, avgustda foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab, «Mega Planet» savdo majmuasi va katta aylanma chorraha («Yunusobod krugi») o‘rtasidagi yo‘lda bir tomonlama harakatlanish tashkil etilgandi.

Ayni kunlarda bu yo‘lda tez-tez YHX xodimlarini uchratish mumkin. Bu yerda yangilikdan bexabar ko‘plab haydovchilarni «sovg‘a» kutadi. Qonunga ko‘ra, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishning jarimasi naq 2 223 000 so‘mni tashkil etadi. Boz ustiga, bu miqdor 1 fevraldan keyin 10 foizga oshadi.

Ko‘chada yo‘l chiziqlari va belgilari yetishmaydi. Na piyodalar o‘tish joyi, na avtobus bekati bor. Kun.uz muxbiri YHX xodimlaridan shu va boshqa holatlar yuzasidan izoh so‘radi.

Shu bilan birga, shahar hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi loyiha-texnik bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bahrom Yunusov Yunusobod transport tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Reportajni yuqoridagi video orqali batafsil tomosha qiling.

Ko‘proq yangiliklar: