Toshkentda ayrim ko‘chalar 31 yanvargacha yopiladi

Jamiyat 20:01 / 11.01.2021 10053

Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan yo‘l ta'mirlash ishlari sababli 31 yanvarga qadar quyidagi harakatlanish yo‘nalishlari yopiq bo‘ladi:

  1. Sayxun ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga to‘g‘ri chiqish yo‘li;
  2. Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Sayxun ko‘chasiga to‘g‘ri tushish yo‘li;
  3. Tolimarjon ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga burilish — «O‘zelektroapparat» zavodidan «Farg‘ona» dehqon bozori yo‘nalishda;
  4. «Islom ota» masjididan «O‘zbek qog‘ozi» OAJ yo‘nalishdagi dublyor yo‘li.

Mazkur yo‘l qismida yo‘l ta'mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘idagi qaytish yo‘l bo‘ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.

«Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: