Apple rahbari bir yilda qariyb 300 mln dollar ishladi

Fan-texnika 17:02 / 06.01.2021 3784

 Apple Inc korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Tim Kuk 2020 yilda qariyb 300 mln dollar ishlab topgan. Bu haqda korporatsiyaning qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) yo‘llagan hisobotida ma'lum qilindi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, 2020 yilgi moliyaviy yilda Apple daromadi 3,9 foizga o‘sgan. Kompaniya kapitalizatsiyasi esa 80 foizga o‘sib, 2 trln dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Natijada Tim Kukning mukofot pullari 40 foizga - 10,7 mln dollarga oshdi. Bundan tashqari, u 2011 yilda rasmiylashtirilgan uzoq muddatli rag‘batlantirish paketi doirasida kompaniyaning umumiy qiymati 281,9 mln dollarlik aksiyalarini qo‘lga kiritgan. 

 Tim Kuk o‘tgan yili 3 mln dollar maosh olgan. Kompaniya shuningdek, uning xavfsizligini ta'minlash uchun 470 ming va aviaparvozlari uchun 432 ming dollar sarflagan.

Tim Kuk korporatsiyada 1998 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Tim Kuk o‘tgan yil avgustda milliarderga aylangan. 

Ko‘proq yangiliklar: