Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 50 dollardan oshdi

Iqtisodiyot 16:36 / 05.01.2021 4101

Xalqaro bozorda Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 50,84 dollarni tashkil etdi.

 So‘nggi savdolarda ushbu rusumdagi neftning bir barreli narxi 53,13 dollargacha ko‘tarildi va savdolar yakunida 51,09 dollarga tushdi.

 5 yanvar kungi ertalabki savdolarda esa Brent narxi 0,49 foizga - 50,84 dollargacha pasaydi.

WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi 47,43 ​​​​​​dollarga teng bo‘ldi.

Neft narxining tushishiga OPEC va OPEC+ ishtirokchilarining kechagi yig‘ilishda neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha bir qarorga kelmagani sabab bo‘ldi.

Yig‘ilish qatnashchilarining aksariyati neft qazib olish hajmini hozirgidek saqlab qolishni taklif qildi. Boshqalar, jumladan Rossiya kunlik neft qazib olishni 500 ming barrelgacha kamaytirish taklifi bilan chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: