IIV 3 yil avval vafot etgan fuqaroga jarima belgilangani to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yil avval vafot etgan fuqaroga YHXB tomonidan jarima belgilangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 29 iyun kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan J.S. o‘ziga tegishli bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomobilda yo‘l harakati qoidalarining 9-bandida belgilangan talabni buzgan holda, harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan.
Qayd etilishicha, haydovchi tuman IIB YHXB YPX xodimi S.Abdunabiyev tomonidan to‘xtatilgan va unga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tuman IIB YHXB ma'muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro J.S.ga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida ushbu fuqaro bilan ism-familiya va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lgan, Samarqand viloyatida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan J.S.ning ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgan.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatida ro‘yxatda turgan, 1954 yilda tug‘ilgan J.S.ga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilingan.
IIV YHXBB yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

13:39 / 26.02.2025
2024 yil jarimalardan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Bu pullar qayerga sarflanyapti?

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

20:22 / 21.02.2025
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jarima balli hisoblanadi?

19:25 / 21.02.2025