Hozirda O‘zbekistonda oliy ta'lim olishga ishtiyoqmand yoshlar yildan yilga ko‘payib bormoqda. Buni har yili o‘sib borayotgan abituriyentlar sonidan ham bilish mumkin. Masalan, 2020/2021 o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashish uchun qariyb 1,2 mln abituriyent hujjat topshirdi. Lekin ajratilgan kvotalar kamligi bois ulardan atigi 12 foizi talabalikka tavsiya etildi. Tabiiyki, imtihonlardan o‘ta olmaganlarning aksariyat qismi xorijiy OTMlarga o‘qishga kirishga urina boshlashadi. Biroq kontrakt to‘lovi va boshqa sarf-xarajatlarni qoplashga hammaning ham qurbi yetmaydi.
“JUST Grant” dasturi ana shunday abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Mazkur ta'lim dasturi o‘zbekistonlik yoshlarni Yaponiya bilim yurtlariga o‘qishga kirishiga, xalqaro diplomga ega bo‘lib, yakunda yuqori daromadli ish topishiga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
Loyiha rahbari “SSI Co. Ltd.” direktori Naoko Kano xonim qariyb 7 yildan buyon o‘zbekistonlik yoshlarning Yaponiyada ta'lim olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga yordam berib keladi. “JUST Grant” dasturining O‘zbekistondagi koordinatori Ibrohim Xurramovning qayd etishicha, Yaponiya iqtisodiyoti dunyoda 3-o‘rinda turadi va shu sababli ham bu davlatda ta'lim olib, yuqori maoshli ish o‘rnini egallash har tomonlama foydali. Biroq O‘zbekistonda yapon tilini biladiganlar nisbatan kam. “JUST Grant” taklif etayotgan ta'lim dasturi orqali esa siz yapon tilini “0”dan o‘rganib, Yaponiya bilim yurtlarida 100 % grant asosida bepul o‘qishingiz va 6 oylik bepul yotoqxona bilan ham ta'minlanishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda qo‘shimcha tarzda ishlash huquqiga ham egasiz. “JUST Grant” dasturi sizga ish topishga ham ko‘maklashadi.
Yaponiyada soatiga to‘lanadigan ish haqi kamida 10 dollar bo‘lib, talabalik davridayoq yaxshigina daromad topsa bo‘ladi. Dasturda 17 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishi mumkin. Magistratura bosqichini o‘qimoqchi bo‘lganlarga 35 yoshgacha qatnashish imkoniyati mavjud.
“Dastur haqida ko‘p beriladigan savollardan biri: “yapon tilini bilmasdan ham grant yutsa bo‘ladimi?” Albatta, bo‘ladi. Axir, dasturning maqsadi ham shunda-ku. Yoshlarga yapon tilini o‘rgatib, o‘qishga ketishlariga ko‘maklashish”, — deydi I. Xurramov.
– “Bu juda sodda va oson jarayon bo‘lib, ortiqcha chalkashlik va ovoragarchiliklardan xoli. Dastlab, “JUST Grant” dasturiga test topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tasiz. Sizga 2 oy mobaynida imtihonlarga tayyorlanish uchun (tanlagan tarifingizga ko‘ra) kompyuter, yapon tili bo‘yicha video va onlayn-darslar taqdim etiladi. So‘ng yaponiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda ishtirok etasiz. Eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 30 nafargacha talaba 100%lik grant qo‘lga kiritishi mumkin. Ro‘yxatdan keyingi yana 300 nafar talaba esa kontrakt asosida o‘qishga ketish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.
“JUST Grant” dasturining asosiy maqsadi 1 million nafar o‘zbekistonlik yoshlarni Yaponiyada ta'lim olib, ishlab va sarmoya yig‘ib O‘zbekistonga katta daromad bilan qaytib kelishiga hissa qo‘shishdan iborat. Ular buni quyidagicha izohlashgan:
“Bu dasturdan Yaponiya qanchalik manfaatdor?” degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Gap shundaki, Yaponiya qanchalik taraqqiy etgan, rivojlangan davlat bo‘lmasin, ularda yosh kadrlarga bo‘lgan talab juda yuqori. Hozirda yaponiyada ishsizlik emas, aksincha bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish muammosi yuzaga kelgan. Bizda esa buning teskarisi. Bundan tashqari, oylik maoshlardagi tafovut ham juda katta. Bizda o‘rtacha oylik ish haqi, taxminan, 200 dollar bo‘lsa, yaponlar oyiga 2 mingdan 4 ming dollargacha oylik olishadi. Biznikilar u yerda ishlab, qancha ko‘p mablag‘ jamg‘arishsa va u mablag‘ni O‘zbekiston bozorida sarflasa, bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham shuncha foydali bo‘ladi. Sababi u yerda orttirgan daromadini O‘zbekistonga, oilasiga yuboradi, mamlakatga valuta oqimi ko‘payadi. Bundan tashqari, olgan bilim va tajribalarini qaytib kelgach O‘zbekistonda qo‘llaydi, mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi”.
Kuni kecha (19 dekabr) Toshkentning International mehmonxonasida JUST loyihasining 1-bosqichi imtihoni bo‘lib o‘tdi. Unda 177 nafar talaba ishtirok etishdi. Imtihondan so‘ng JUST talabalari ishtirokida Yaponiya festivali ham tashkil etildi. Ushbu festivaldan foto lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Umuman olganda, ta'lim dasturi har tomonlama puxta, har ikki davlat uchun ham birdek foydali qilib ishlab chiqilgan. E'tiborli jihati shundaki, bu talaba bo‘la olmagan aksariyat yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Imtihonlardan o‘tolmay tushkunlikka tushib qolgan, moliyaviy imkoniyati yo‘qligi sabab oliy ta'limdan bebahra qolayotgan yoshlar uchun juda yaxshi motivatsiya. Shunday ekan, sizda orzularingizni ro‘yobga chiqarishga hali imkoniyat bor. Har qanday muvaffaqiyat siz uchun arzimasdek ko‘ringan kichik qadamlardan boshlanadi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, orzularingiz sari intiling!
Batafsil ma'lumot uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: wep.wf/urstmw
Vebsayt: japangrant.com
Instagram: instagram.com/studytokyo.uz
Telegram: t.me/studytokyoo
Youtube: youtube.com/studytokyo
Reklama huquqi asosida