«Toshkent yoshlar forumi-2020» o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston 11:12 / 18.12.2020 1777

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev forum avvalida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tadbir uchun ketgan xarajatlar borasida ma'lumot berdi. 

«Bir oylik tadbirlar uchun mahalliy budjetdan 2 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan. Bu forum uchun jami xarajatning 30 foizini tashkil qiladi, qolgani homiylar ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda. Umumiy xarajat hozircha aniq emas, chunki tadbirlar, sovg‘alar ulashish davom etyapti. Homiylar hozirgacha yordam berishyapti», deya Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri. 

«Mahalliy budjet uchun pulni shunchaki o‘zimiz qaror chiqarib emas, mahalliy kengash deputatlari oldida himoya qilgandan keyin olamiz. Har bitta olinadigan sovg‘a, har bitta xarajatni ularga taqdimot qilib, isbotlab tushuntirib keyin olamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik nazorati juda kuchaygan. Ertaga bu xarajatlarimiz ham tarmoqlarda yoritilishi aniq. Biz bu xarajatlar nima uchun ishlatilganini ipidan ignasigacha tushuntirib berishga tayyormiz», dedi hokim o‘rinbosari Durdona Rahimova.

Durdona Rahimovaga ko‘ra, hozirgacha forumda ishtirok uchun 10 mingga yaqin yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Forumning bugungi kun tartibiga ko‘ra, xalq ta'limi, moliya, madaniyat, adliya vazirlari, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burhonovning yoshlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: