«Ark Buloq» xalqaro innovatsion qurilish savdo majmuasi – mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

Jamiyat 16:30 / 18.12.2020 4596

Toshkent viloyatidan poytaxtimizga kiraverishdagi «Ark Buloq» bojxona posti yaqinida barpo etilayotgan yirik «Ark Buloq» xalqaro qurilish savdo majmuasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.

Bu yerda ichki ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashuvchi yangi infrastruktura barpo qilinyapti.

Hozirda ulgurji va birja savdosi, eksport yo‘nalishida innovatsion texnologiyalar ancha rivojlangan bo‘lib, ulardan maksimal darajada foydalanish zamon talabidir. Xususan, import va eksport, logistika, chet ellik va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi talab va taklifni o‘rganishdagi uzilishlar savdo aylanmasining kengayishiga to‘sqinlik qiladi.

Bu boradagi muammolar va ularning yechimi Harakatlar strategiyasining 3- va 4-ustuvor yo‘nalishlarida, shuningdek, prezidentimizning 30.10.2018 yildagi PF-5564-sonli «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ham o‘z ifodasini topgan.

Mazkur farmonlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ham belgilab berilgan.

Ko‘p turdagi savdo xizmatlarini ko‘rsatadigan yangi, ulkan innovatsion xalqaro qurilish savdo majmuasi «Ark Buloq»da esa davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaldagi ijrosini ko‘rishimiz mumkin.

Majmua to‘liq ishga tushgach, nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning og‘irini yengil qiladi, balki 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ham yaratilib, aholi bandligi ta'minlanadi. Bu – loyiha har tomonlama puxta ishlab chiqilganini ko‘rsatadi.

Xalqaro qurilish savdo majmuasida asosan quyidagi yo‘nalishlarda tovarlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi:

·       qurilish mollari, elektr jihozlar, santexnika jihozlari, maishiy texnika, zamonaviy qandillar va shu kabi tovarlar ulgurji savdosi. Ushbu turdagi mahsulotlar savdosiga 6,5 gektarlik maydonda joylashgan 750 ta do‘kon ajratilgan. Do‘konlar hajmi va balandligi 4,0–5,5 metrgacha bo‘lib, bu ham xavfsizlik, ham qo‘shimcha qulaylik deganidir;

·       oziq-ovqat mahsulotlari yo‘nalishidagi do‘konlarda esa sifatli brendlar ishlab chiqargan tovarlarning qulay narxlardagi savdosi. Majmuaning bu qismiga 4 gektar maydon ajratilib, undagi do‘konlar soni 550 tani tashkil etadi.

Avtoturargoh uchun majmua old tarafida 2,5 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, unga 2000dan ziyod va orqa tarafida 3000dan ziyod yengil va yuk avtomobillarini o‘ziga sig‘dira oladi.

Hududiy jihatdan qulay joyda joylashgani, konstruksiyalar qurilishida innovatsion yechimlarning qo‘llanilayotgani «Ark Buloq»ni yirik xorijiy investorlar uchun ham, mahalliy iste'molchilar uchun ham birdek jozibador maskanga aylantiradi.

«Ark Buloq» xalqaro qurilish savdo majmuasining asosiy yo‘nalishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish bo‘lib, xalqaro biznes savdo maydonchalariga chiqishni, xalqaro va mahalliy logistika, shuningdek, yetkazib berish xizmatlari tadbirkorlarimiz va ishbilarmonlarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif qiladi.

Jumladan, tovarlarni eksport qilish vaqtida tashuvchilar shaharlar ichkarisiga kirib o‘tirmay, yuklarni savdo majmuasi omboriga tushirib, o‘sha yerning o‘zidan olib ketishlari mumkin.

Xalqaro logistika xizmati 5 ta qo‘shni respublika – Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu esa O‘rta asrlarda faol harakatda bo‘lgan, savdo karvonlari muntazam o‘tib turgan «Buyuk ipak yo‘li»ni zamonaviy qiyofada tiklash imkonini beradi. Qolaversa, boshqa mamlakatlar bilan ham eksport qilish va o‘zaro munosobatlarni chuqurlashtirishga zamin yaratadi.

Import qilishda ham xuddi shunday shaklda tovarlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazib, shahar do‘konlariga yoki respublika bo‘ylab taqsimlash mumkin bo‘ladi.

 O‘zbekistonning g‘arbiy va janubiy mintaqalaridan yetkazib beriladigan tovarlarni ham amaldagi qonunchilikka muvofiq «Ark Buloq» xalqaro qurilish savdo majmuasida tegishli tekshiruvlardan o‘tkazib, o‘sha yerning o‘zida yetkazib beruvchilar tomonidan olib ketish imkoniyati yaratiladi.

Bu serqatnov shahar ko‘chalarida ortiqcha tirbandliklarning sezilarli darajada kamayishiga xizmat qiladi va barchaga birdek qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratadi.

Yangi xalqaro qurilish savdo majmuasi respublikaning eksport salohiyatini bir necha barobarga oshirish, tovar aylanmasi va valuta oqimini ko‘paytirishga katta hissa qo‘shadi.

Bu orqali esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.12.2018 yilda qabul qilingan PQ-4069-sonli «Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta'minlash va valuta tushumlarini ko‘paytirish vazifasi ijrosi ta'minlanadi.

«Ark Buloq» innovatsion qurilish savdo majmuasi yuqoridagi vazifalarga to‘la mos keladi.

Tez orada mazkur hudud nafaqat Markaziy Osiyo, balki rivojlangan mamlakatlar investorlarini ham jalb qiladigan yirik iqtisodiy nuqtaga aylanishi kutilmoqda.

Telefonlar:

+998956068888

+998955155588

Website: arkbuloq.uz

Instagram: arkbuloq

Facebook: arkbuloq

Telegram: t.me/arkbuloqsavdomarkazi

Manzil: Eski Ark Buloq ombori

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: