Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi, muqaddam O‘zbekiston Oliy sudida ta'minotchi vazifasida ishlagan Sh.A.ning o‘limida ayblangan ikki shaxs ustidan hukm chiqardi.
Sudlanuvchilardan biri 19 yilga, uning jinoiy sherigi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Asosiy tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 52 yoshda bo‘lgan Sh.A.ning jasadi 8 avgust kuni kechga yaqin Qibray tumanidagi GES hududidan, sayohat chemodaniga tiqib qo‘yilgan holda topilgan edi.
Tergov davomida ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-, 169-, 227– va 241-moddalari bilan ayb e'lon qilinib, ularga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.