YeTTB O‘zbekistondagi ikkita bankni transformatsiyalash bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqadi 

Iqtisodiyot 10:40 / 10.12.2020 2447

MB xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, tijorat banklarini, xususan, “Asaka” bank va “Aloqabank”ni transformatsiyalash jarayoniga alohida e'tibor qaratdi.

Hozirda mazkur banklarda o‘tkazilgan tahlillar natijalariga asoslanib, YeTTB banklarni transformatsiyalash bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqishi qayd etildi.

Foto: Markaziy bank

Uchrashuvda YeTTB Markaziy bankning tijorat banklari kapitallashuvini oshirish, yanada ishonchli o‘sishiga erishish va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash sifatini yaxshilash, shu jumladan, banklar kapitali tarkibiga xorijiy yangi investorlarni jalb etishga qaratilgan strategiyasini qo‘llab-quvvatlashi ta'kidlandi. Mazkur jarayonning muvaffaqiyati YeTTBga O‘zbekiston bank tizimida har tomonlama keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar davlat ulushi mavjud banklarni xususiylashtirishga tayyorlash va transformatsiyalash yo‘nalishida samarali hamkorlik qilishga ishonch bildirdi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: