Unda aytilishicha, tumanda er-xotin janjali oqibatida ota qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar farzandini pichoqlagan. Tuman IIB tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari qotillikda gumon qilinayotgan otani Qamashi tumanidan ushlab kelgani ma'lum qilingan.
O‘z navbatida, Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan 2020 yil 10 dekabr kuni Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, b, v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.