Bu illatga qarshi kurashish, uni tag tubi bilan yo‘qotish choralari deyarlik barcha davlatlarda borligi kuzatiladi. Bu illat korrupsiyadir. Uning oldini olishga qaratilgan turli yo‘sindagi tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilishining ahamiyati katta.
Taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi poraxo‘rlik jamiyatning rivoji, sohalar yuksalishiga o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazadi. Sobiq tuzum orqali saqlanib kelayotgan bu illatga qarshi kurashning huquqiy asoslarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini izlash muhim vazifalardandir.
Bu borada so‘z ketganda, 2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunni imzolagani va u 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirganini ta'kidlash o‘rinlidir. Ayniqsa, Qonun asosida bu illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha Prezident Farmoni va Davlat Dasturi ham qabul qilinib, joriy yilning 29 iyun sanasida muhtaram Prezidentimizning Qarori bilan mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani e'tiborga molikdir.
Joriy yilning 10 dekabrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligining mexanizatsiyalash muhandislari instituti xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish mavzusida ZOOM platformasi orqali umumiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Institutimiz rektori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzakov, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriyev, Institut “Korrupsiyaga qarshi kurash” bo‘yicha raisi, professor Altiyev A.S. qatnashdilar. Ushbu yig‘ilishni institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriyev kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Shundan so‘ng institutimiz rektori so‘zga chiqdilar. Ular o‘z so‘zlarida 2003 yil 9 dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolanganligi va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilinganligi va shu tariqa 2004 yil 9 dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanishi to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Baymurzayevna Artikova so‘zga chikdi. U 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinganligi, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolangani va Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e'tiborini oshirishga qaratilganligi to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi. Bu illat zanglash-chirish demakdir.
Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi. Jinoyatchilikning oldini olishga yordam berish kerak. Hamma narsa jinoyatchilikdan kelib chiqadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda shafqatli bo‘lish kerak emasligi borasida so‘z yuritildi. Talabalarning qiziqishlari va savollaridan zavqlangan S.Artikova pandemiyadan so‘ng birinchi uchrashuvni institutimiz yoshlari bilan o‘tkazishga so‘z berdi.
So‘ngra Altiyev A.S. “Korrupsiyaga qarshi kurash” to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlarni berib o‘tdi. Korrupsiya hozirgi kunning dolzarb masalalardan biridir. O‘zbekistonning xalqaro hujjatlarga qo‘shilganligi, majburiyatlar olganligi juda katta samara berayotganligi, yoshlarga rahnamolik qilish borasida so‘z yuritdi.
O‘zingizga yaxshi ma'lum, bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali muammoning yechimiga katta e'tibor berilmoqda. Bu borada institut saytida ochilgan maxsus havola hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “STOPKORRUPTSUYA” platformasi muntazam ishlab turibdi. Talabalar korrupsiya holatlariga doir xatti-harakatlarni sezgudek bo‘lsa ushbu kanal va havolaga bemalol ma'lumot qoldirishi mumkin.
Shuningdek, institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta'lim berishga mas'ul professor-o‘qituvchilarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi malaka oshirish kurslaridagi 8 soatlik o‘quv kurslarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.
Bugungi tadbir ham oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qadamlardan biri desak to‘g‘ri bo‘ladi.
TIQXMMI matbuot xizmati