“IIBB qor yog‘ayotganda va yer muzlaganda yo‘nalishlarning o‘zgarishi, to‘xtatish yo‘li uzayishi va ko‘rinish yomonlashishi haqida eslatib o‘tadi.
Yangi haydovchilar hamda avtomobil boshqara olishiga ishonchi komil bo‘lmaganlar shaxsiy transportda harakatlanmasliklari afzal”, - deyiladi eslatmada.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisalariga uchrab qolmaslik uchun masofa saqlash, keskin to‘xtamaslik va tezlikni oshirmaslik lozim.