Qayd etilishicha, 2020 yil 6 dekabr kuni taxminan soat 22:40da Davlatobod ko‘chasida (Sputnik-9) avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi 22 yoshli Abdulla Ye. o‘ziga topshirilgan "Nexia-3" avtomobili kalitidan foydalanib, avtomobilda yo‘l qismiga chiqib, Otabek J. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvga sabab bo‘lgan holat o‘rganilmoqda. YTH sababli hech kim jabrlanmagani aytiladi.
“Hurmatli haydovchilar! Notanish kishilarga avtomobilingiz kalitini topshirmang. Unutmang, siz yo‘qligingizda transport vositangizdan foydalanishlari mumkin, ba'zi holatlarda bu ayanchli oqibatlarga olib keladi”, - deyiladi ma'lumotda.