Yunusobodda 10 yoshli bola pirotexnika o‘ynab ko‘zini kuydirib oldi

Jamiyat 18:43 / 06.12.2020 5536

Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni kechqurun 10 yoshli F.X. do‘stlari bilan ko‘chada pirotexnika vositalarini ermak qilgan. Oqibatda bolaning ko‘zi kimyoviy kuyish jarohatini olgan.

«Hurmali ota-onalar! Farzandlaringizga pirotexnika o‘ynashga yo‘l qo‘ymang, bu ularning hayotlari va salomatliklari uchun xavflidir», deya ogohlantirilgan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: