Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Time 2020 yilni zamonaviy tarixdagi eng yomon yil deb atadi
Nufuzli Time nashri 2020 yilni zamonaviy tarixdagi eng yomon yil deb atadi. Nashr ekspertlarining bunday qarorga kelishiga birinchi navbatda koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan.

Foto: Twitter /TIME
Shu sababli nashr navbatdagi soni muqovasida qora rangdagi 2020 soni ustidan tortilgan ikkita qizil chiziqni tasvirlagan. Nashr eksperti Stefani Zaxarek jurnaldagi maqolasida o‘tayotgan yil “dardga to‘la va shu bilan birga aqldan ozdirgudek oddiy” bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Zaxarek koronavirus pandemiyasini nazarda tutib, AQSh o‘z tarixida joriy yildagidan ham og‘irroq yillarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, hozirda hayot bo‘lgan odamlardan aksariyati 2020 yildagi kabi ko‘rguliklarning guvohi bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tgan.
“Bu siz hech qachon qaytarishni istamaydigan tarixdir. AQSh tarixida bundan og‘irroq yillar ham bo‘lgan, biroq hozirda yashayotganlardan aksariyati bunday ko‘rguliklarning guvohi bo‘lmagan. Siz Ikkinchi jahon urushi vayrongarchiliklari, 1918 yildagi gripp pandemiyasini eslay olishingiz uchun 100 yoshdan oshgan bo‘lishingiz, Buyuk tushkunlik olib kelgan yo‘qchilik haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun taxminan 90 yoshda, Ikkinchi jahon urushi va uning dahshatlari haqida qandaydir xotiralarga ega bo‘lish uchun 80 yoshda bo‘lishingiz kerak”, deb aytgan nashr eksperti.
“Qolganlar bunday ko‘rguliklarni boshdan kechirmagan. Mening kinotanqidchi sifatidagi ishim filmlarni ko‘zdan kechirib, ularning dunyo va hayotlarimizga bog‘liq joylarini ajratib ko‘rsatish hisoblanadi. Agar 2020 yilni tushkun voqealar aks etgan film deb olsak, siz uni boshlanganidan 20 daqiqa o‘tib o‘chirib qo‘ygan bo‘lardingiz. Joriy yil dardga to‘la bo‘ldi, u aqlni ozdirgudek oddiy kundek bo‘ldi, bunda har kungi bir xillik dushmanimizga aylandi”, deb qo‘shimcha qilgan ekspert.
U joriy yilda katta ta'sirga ega bo‘lgan voqealar qatorida koronavirus pandemiyasidan tashqari, Avstraliya va Kaliforniyadagi yong‘inlarni, AQShning amaldagi ma'muriyatining bahsli harakatlari va bayonotlari, amerikalik sudya Rut Ginzburg, basketbolchi Kobi Brayant, amerikalik aktyor Chedvik Bouzman vafoti, afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin AQSh va ko‘plab boshqa davlatlarni qamrab olgan noroziliklarni qayd etib o‘tgan.
“Amerikaliklar o‘z tabiatiga ko‘ra optimistlar. Ittifoqdoshlarimiz ortimizda bekitiqcha bizni mazah qilsalar-da, aynan shu jihatimiz uchun bizni yaxshi ko‘radilar. Optimistlik bizning eng buyuk va eng tuturiqsiz jihatimiz. Amerikada hamisha ham tong otavermasligi mumkin. Ba'zida biz o‘sha qorong‘i damlarni ham boshdan kechirishimiz lozim”, deb o‘z fikrlariga xulosa yasagan Zaxarek.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:19 / 07.02.2025
Time muqovasiga prezident kursisida o‘tirgan Ilon Mask surati joylashtirildi

16:47 / 23.11.2023
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)

19:44 / 07.12.2022
Time Zelenskiy va «Ukraina ruhi»ni «yil odami» deb topdi

00:20 / 12.11.2021