Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarni o‘z vaqtida rag‘batlantirish va ruhlantirish kompaniyaning muvaffaqiyat qozonishida muhim o‘rin egallaydi. Mercer konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik Artel korxonasining yanada rivojlanishiga va xalqaro miqyosdagi korxonalar qatoridan o‘rin egallashiga turtki beradi.
Artel korxonasi Mercer konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni boshladi. Qo‘shma loyiha natijasida Artel kompaniyasida yangi menejment tizimini tatbiq etish rejalashtirilgan.
Xalqaro Mercer konsalting kompaniyasi inson resurslarini boshqarish va tegishli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Mercer 44 dan ortiq davlatda faoliyat olib boradi va dunyoning eng yirik konsalting kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Loyiha jarayonida Mercer inson resurslarini samarali boshqarish uchun optimal tizim yaratish maqsadida kompaniyadagi barcha asosiy ko‘rsatkichlar sinchiklab o‘rganilishi rejalashtirgan.
Loyihani ikki qismga bo‘lish ko‘zda tutilmoqda: «Kadrlar tizimini rivojlantirish» va «Malaka oshirish». Har bir qismni amalga oshirish uchun taxminan 24 hafta talab etiladi. Mercer vakillari loyihani alohida modullarga bo‘ldilar va har bir modulning tafsilotlari, hamda davomiyligi aks ettirilgan jadval ishlab chiqdilar.
Ma'lumki, inson kapitali – har qanday kompaniya uchun eng muhim va qimmatbaho resurs hisoblanadi. Artel korxonasi xodimlar bilan ishlash Departamenti boshlig‘i Lazizbek Mamatov xodimlarning kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi haqida quyidagicha izoh beradi: «Muvaffaqiyatimiz garovi – bizning jamoamiz. Biz insonlarda xodimlarni emas, yangi g‘oyalarni ko‘rishga harakat qilamiz va yangi ishchilarni ishga qabul qilayotganda g‘oyaviylik, motivatsiya, kasbiga bo‘lgan muhabbat kabi xususiyatlardan kelib chiqqan holda tanlaymiz».
HR departamenti modernizatsiyasi kompaniya rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi shubhasizdir. Mercer bilan hamkorlik esa «Barcha xalqaro standartlarga javob beruvchi kompaniya» unvonini qozonishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Sayt: artelgroup.org/catalog-artel
Facebook sahifa: fb.com/arteluzb
Reklama huquqi asosida