Nigeriyada jangarilar 110 kishini o‘ldirib ketdi

Jahon 22:42 / 29.11.2020 5155

Ma'lum qilinishicha, qurollangan kishilar kunduzi guruch dalasiga mototsikllarda kelib, u yerda ishlayotgan odamlarni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 110  kishi halok bo‘lgan. Bu haqda BMTning Nigeriyadagi insonparvarlik yordami koordinatori Edvard Kallon ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ko‘plab yaralanganlar bor.

Avvalroq shtat gubernatori Babaganan Umara Zulum hujum oqibatida 70 kishi o‘ldirilganini ma'lum qilgan. U 29 noyabrda fermerlar o‘ldirilgan guruch dalalari yonida joylashgan Zabarmari qishlog‘iga tashrif buyurgan. 

Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy fermerlarning ommaviy o‘ldirilishini qoralagan. 

“Butun mamlakat bu bema'ni qotilliklardan aziyat chekmoqda”, deb aytilgan Buxoriy bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: