EPSILON (EDC): Daraxtli-3 qudug‘idan kunlik hajmda 70 ming kub.m gaz va 7 tn neft olina boshladi

O‘zbekiston 13:17 / 28.11.2020 7638

Joriy yilning 28 noyabr kuni “Daraxtli” neftgazkondensat konida joylashgan, ilgari faoliyatiga barham berilgan 3-sonli qudug‘ida mukammal ta'mirlash hamda GRP ishlari yakunlangach, quduqdan 70 ming kub.m gaz va 7 tn neftga teng bo‘lgan kunlik hajmdagi uglevodorodlarning sanoat miqyosidagi oqimi olindi.

Mamlakat aholisiga olinayotgan gazni yetkazib berish uchun 30 noyabr kuni quduqni magistral gaz quvuriga ulash amalga oshiriladi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya qilingan holda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: