Eronda mamlakat yadroviy dasturi mualliflaridan biri o‘ldirildi

Jahon 21:11 / 27.11.2020 8695

Tehron yaqinida Eron yadroviy dasturi mualliflaridan biri, yadrochi olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirildi. Bu haqda Press TV telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Tasnim News agentligining xabariga ko‘ra, Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi maskanida terrorchilar hujumi qurboni bo‘lgan. Qayd etilishicha, dastlab xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra olimning avtomobili o‘qqa tutilgan.

Hujum oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. Hayotdan ko‘z yumganlar Faxrizodaning qarindoshlari bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eron Mudofaa vazirligi olimning o‘limi haqidagi xabarni tasdiqladi, deb yozmoqda IRNA agentligi.

Faxrizodaga nisbatan bir necha yil avval suiqasd uyushtirilgan, ammo u omon qolgandi.

Ko‘proq yangiliklar: