Qayd etilishicha, endilikda haftaning har chorshanba kunlari muntazam parvozlar amalga oshiriladi.
“Air Cairo” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Husayn Sharif fikricha, kelgusida parvozlar sonini haftasiga 4 martagacha oshirish rejalashtirilgan. Toshkentni Sharm-al-Shayx, Qohira shaharlari bilan bog‘lovchi reyslar 2021 yilning aprel oyidan yo‘lga qo‘yiladi.
“Air Cairo”ning ilk parvozi shu kunning o‘zida, soat 11:30da o‘z nihoyasiga yetdi. 161 nafar yo‘lovchi bilan samolyot yana Misrga uchib ketgan.