Samarqandda rafiqasini tahqirlagan erkak ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. Prokuror sudlanuvchini 8,5 yilga ozodlikdan mahkum etishni so‘radi

Jamiyat 14:59 / 23.11.2020 31638

Sudda davlat ayblovchisi, Samarqand shahar prokurori o‘rinbosari Umid Hakimov sudlanuvchi Sh.K. tomonidan qilingan jinoyatlar og‘ir ekanini e'tiborga olib 8,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilashni so‘radi.

«Bu jinoyatlar oiladek muqaddas maskanda, ayniqsa ojizaga nisbatan sodir etib kelinganiga e'tibor qaratishingizni so‘rardim. Qolaversa, Sh.K.ning oldin ham sudlanib, amnistiya tufayli ozodlikka chiqqani, bundan tashqari, 22 marotaba unga nisbatan ma'muriy chora ko‘rilganiga ham e'tibor qaratish kerak, deb o‘ylayman. Mazkur holatlar sudlanuvchi shaxsining kimligini anglatadi», dedi davlat ayblovchisi.

Sudlanuvchi Sh.K. muzokara so‘zida, barchadan, jumladan, turmush o‘rtog‘idan kechirim so‘rashini bildirib, jazoni o‘tagandan so‘ng ham turmush o‘rtog‘i bilan birga yashashini ma'lum qildi. 

Jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa birga yashashga rozi bo‘lmasligi, mazkur voqea va javobgarlik turmush o‘rtog‘i, umuman, boshqalarga ham saboq bo‘lishini istashini ma'lum qildi.

Sud 1 dekabrgacha tanaffus e'lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: