«Bu yilgi kartoshka hosili kutganimizdan ham a'lo bo‘ldi» – «Bananza Trade Export» kartoshka yetishtirishdagi tajriba haqida

Jamiyat 20:00 / 23.11.2020 37437

Kartoshkachilik bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega «Bananza Trade Export» Gollandiyadan keltirilgan urug‘lardan hosil olishni boshladi. Bu yilgi hosil kutilganidan ham ko‘proq bo‘ldi. Xo‘sh, buning siri nimada?

Ijodiy guruhimiz bilan qishloq xo‘jaligining kartoshka yetishtirish sohasida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Bananza Trade Export» kompaniyasining Qibray tumanidagi dalasida bo‘ldik.

«Bananza Trade Export» pandemiya qayd etilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston aholisiga arzon narxlarda 50 ming tonnadan ortiq ozuqabop kartoshkalarni yetkazib bergan.

«Bananza Trade Export» Gollandiyaning kartoshka yetishtirish bo‘yicha eng ilg‘or «Agrico» kompaniyasi bilan hamkorlik qilib keladi. Og‘ir pandemiya sharoitiga qaramay Gollandiyadan bu yilgi mavsum uchun kartoshka urug‘lari o‘z vaqtida yetkazilib, ekildi. Hozirda 3 oylik kartoshkalarni hosili yig‘ib olindi.

«Kartoshkaning bu turi «evolution» hisoblanib, gektariga 20-35 tonnagacha hosil olinmoqda», – deydi «Bananza Trade Export» MChJ rahbari Jasur To‘xtamurotov.

To‘xtamurotovning aytishicha, bu yilgi hosil kutilganidan ham a'lo bo‘lgan. Kartoshkaning aynan «evolution» turi bizning iqlimga mos ekan. Bu yilgi hosil nafaqat iste'mol uchun balki keyingi yil uchun urug‘lik sifatida ham ishlatiladi va yana ko‘paytiriladi.

«Bananza Trade Export» MChJ tomonidan mahalliy sharoitda yuqori hosil beruvchi sifatli kartoshka urug‘lari olib kelinib, Toshkent viloyatidan tashqari respublikaning Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tarqatildi.

«Kompaniya ozuqabop kartoshkaning boshqa turlarini ham Gollandiyadan olib kelmoqda. Bu yilgi hosil kutilganidan ham a'lo natija bergan. Ularning mazasi ham yaxshi. Chunki dorilar o‘z vaqtida va me'yorida berilganligi sababli kartoshkaning mazasiga ta'sir qilmaydi. Eng yuqori natija Namangan viloyatida bo‘ldi. Gektariga 40 tonnagacha kartoshka hosili olindi», – deydi Jasur To‘xtamurotov.

Hozirda hosil terib olinib, kartoshkalar omborxonalarga olib ketilmoqda. Omborxonadan ichki bozorlarga chiqariladi. Omborxonada kartoshkalar belgilangan haroratda saqlanadi. Fuqarolarimiz kartoshkalarni arzon narxlarda olishi mumkin bo‘ladi.

«Bananza Trade Export» MChJ 2020 yil kartoshka-urug‘chilik mavsumini a'lo darajada bajarganini, butun dunyoga koronavirus pandemiyasi xavf solayotgan murakkab bir vaziyatda Prezident tomonidan qabul qilingan «Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №4704-sonli qarori loyihasi ijrosiga munosib hissa qo‘shganini ma'lum qiladi.

Instagram: instagram.com/bananza_trade_export

Murojaat uchun telefon:

+998999992999

+998999952222

+998988000900

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: