O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:22 / 20.11.2020 1332

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish;

Filial uchun 400 o‘rinli o‘quv binosi, 2ta konsert zali, (1ta 400 o‘rinli, 1ta 150 o‘rinli), 300 o‘rinli talabalar turar joyi hamda sport maydoni qurish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • musiqa sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tarixiy va zamonaviy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat ta'lim standarti bo‘yicha belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash;
  • tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim, ko‘nikma va malaka berish;
  • bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish;
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish;
  • yoshlarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iste'dodini yuzaga chiqarish;
  • kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyat bilan ko‘proq shug‘ullanishga keng jalb etish;
  • talabalarning sohalar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ularda ijrochilik ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida tizimli ravishda xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuborish.

Alohida iqtidor talab etiladigan oliy ta'lim muassasalariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali test sinovlarsiz qabul qilish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan musiqa va san'at yo‘nalishidagi respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblariga beriladigan imtiyozlar quyidagi tartibda belgilanadi:

o‘quvchilarining respublika tanlovlari g‘oliblariga (1-o‘rin) hamda nufuzli (oliy ta'lim muassasalarining kirish imtihonlari talablariga mos) xalqaro tanlovlari g‘oliblariga (1-3 o‘rin) musiqa va san'at yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlarida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bitta “Ixtisoslik” fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, ikki yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish (festival, tanlov-festival, onlayn tanlov hamda ikki tur (kamida to‘rt asar)dan kam bo‘lgan tanlovlar bundan mustasno).

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Filialda asosan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish xususiyatlarini, bir talabani o‘qitish qiymati (kalkulyatsiyasi) o‘ta yuqori ekanligini inobatga olib, bir o‘qituvchi sonining talabalar soniga nisbati - 1:2,2 etib belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: