FDG kompaniyasi Manhattan KTJM taqdimotini o‘tkazadi: tadbir kunida maxsus taklif

Jamiyat 16:40 / 20.11.2020 2051

21 noyabr kuni FDG developerlik kompaniyasi barcha istaganlarni o‘zining beshinchi loyihasi – Manhattan biznes-klassidagi loyihasining taqdimotiga taklif qiladi.

21 noyabr kuni, Hamid Olimjon metro bekatining yonida Darxonda joylashadigan, Manhattan ko‘p funksional turar-joy majmuasining savdo bo‘limi o‘z eshiklarini ochadi. Ushbu loyiha Nyu-York shahriga xos erkinlik ruhi bilan boyitilgan bo‘lib, eng muhim bo‘lgan mezon- vaqtni saqlab qolishga qaratilgan. Uning infratuzilmasi yashovchilar o‘zlarining vaqtini tirbandlikka, kutishga, mashina qo‘yish uchun joy qidirishga sarflamasdan, qimmatbaho daqiqalarini oila a'zolari va yaqinlari bilan muloqot qilish bilan o‘tkazishlari mo‘ljallangan.

Manhattan loyihasi haqida

Manhattan KTJM uch qurilish fazasidan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos g‘oyasiga ega.

  • Manhattan Prime - bu shubhasiz qulaylik degani. Biznes-klass xonadonlari, vaqtlari qimmat turadigan, maqomdor insonlarga to‘g‘ri keladi.
  • Manhattan Central - bu, obod turar-joy majmuasining barcha afzalliklaridan va Toshkentning markaziy tumanidagi rivojlangan infratuzilmadan foydalanishni istagan, yosh tadbirkorlar va faol insonlarning yashash joyi.
  • Manhattan SOHO – toshkentlik yoshlarni o‘ziga tortadigan joy. Bu yerda galereyalar, restoranlar, kafelar, zamonaviy do‘konlar va oila hamda do‘stlar davrasida vaqtni maroqli o‘tkazish uchun qolgan barcha makonlarni topish mumkin bo‘ladi. Central Parkka olib boruvchi, piyoda yurish xiyoboni aynan gavjum SOHO orqali o‘tadi.

Infratuzilma: poytaxt markazining barcha afzalliklari

Manhattan KTJMda yashovchi insonlar, ofisgacha tirband yo‘llardan yetib borishga ulgurish uchun, ertaroq turishga majbur bo‘lmaydi. Safarlarga tez-tez borib turadigan ishbilarmon odamlar aeroport (avtomobilda 15 daqiqa) va "Toshkent" vokzalining (avtomobilda 10 daqiqa) yaqin masofada joylashganliklarini yuqori baholaydilar.

Yaqin masofada Central Park joylashgan bo‘lib, bu yerda oilangiz bilan sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan hordiq chiqarish nihoyatda yoqimli. Parkning o‘zida madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarning ko‘p o‘tkazilishi Manhattan turar-joy majmuasida inson hech qachon zerikmasligidan kafolat beradi.

Biznes-klassning ichki infratuzilmasi

Manhattan loyihasiga, shu bilan birga, mehmonxona, biznes-markazlar, tibbiy markaz, yugurish va veloyo‘lakchalar, kovorking-markazi kiradi. Ish, yashash va dam olish uchun mo‘ljallangan joylar bevosita yonma-yon joylashgan bo‘lib, band va ularga talab yuqori bo‘lgan insonlar doimo intiladigan, aynan o‘sha work-life balance muhitini yaratishga yordam beradi.

G‘amxo‘rlik mayda narsalarda aks etadi: FDG me'morlari tomonidan mehmonlar uchun kutish hududlari, liftni oyoq bilan chaqirish sensorlarini (qo‘llar band bo‘lgan holda), 50 kishiga mo‘ljallangan alohida tantanalar zali, shuningdek, o‘quv markazlari, go‘zallik salonlari, trenajyor zallari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

3 ta puxta o‘ylangan rejalashtirish yechimi

Xonalarni rejalashtirish yechimlari barcha guruhdagi yashovchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan:

  • keng mehmonxonalar. Yoshlar uchun qiziqarli o‘yinlar va yengil gazaklar bilan oqshomlarni yoki katta avlod vakillari uchun to‘kin dasturxonlarda uzoq ziyofatlarni tashkil etish mumkin - mehmonlar o‘zlarini nihoyatda qulay va erkin his etadilar;
  • alohida xonalar va qo‘shimcha sanuzellar. Bu xususiyatni bolali oilalar yuqori baholashlari aniq, axir har bir bolaga shaxsiy hududi va xonasi kerak. Ikkinchi sanuzel - bu, oila a'zolari ishga bir vaqtda ketayotgan holda, navbat kutmaslik uchun ajoyib imkoniyat;
  • smart-planirovkalar. Hududni rejalashtirishga aql bilan yondashish natijasida Manhattan KTJMda har bir metr "ishga tushirilgan". Hattoki o‘rtacha xonadonlar ham sig‘imli va funksional ekanliklari bilan farq qiladi.

Manhattan KTJM savdo bo‘limining ochilish marosimida mehmonlarni nima yeutmoqda?

Manhattan KTJM savdo bo‘limining ochilish marosimi soat 11:00da boshlanadi, lekin tadbirga siz uchun istalgan qulay paytda soat 11:00 dan 18:00 gacha tashrif buyurish mumkin.

Xushbo‘y qahva va yengil taomlardan bahramand bo‘lgan holda, mehmonlar bo‘lg‘usi turar-joy majmualarining me'morchilik kashfiyotlarini, planirovkalari va infratuzilmasini sinchiklab ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bo‘lajak xonadoningizni tasavvur qilish, First Development Group direktori va mutaxassislari bilan tanishish, esdalik uchun bayramona fotohududda rasmga tushish va bo‘lg‘usi qo‘shnilaringizni ko‘rish uchun tadbirga butun oilangiz bilan kelishingiz mumkin.

Tadbir mehmonlarini FDG kompaniyasidan foydali maxsus taklif kutmoqda. Faqat shu kuni Manhattan KTJMdagi 20 ta xonadon uchun o‘ziga xos qulay shartlar amal qiladi. Toshkent markazida biznes-klassga doir uy-joyni anchadan beri qidirayotganlar uchun, bu taqdimot mukammal xonadon haqidagi orzuni hayotga tatbiq etish uchun ajoyib fursat bo‘ladi.

Taqdimotga tashrif buyurish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://manhattan.uz/bestdayever

Aloqa uchun ma'lumotlar:

Sayt: manhattan.uz

Instagram: instagram.com/manhattan.uz

Facebook: facebook.com/mht.fdg

Savdo bo‘limining joylashishi: https://yandex.uz/maps/-/CCUARVH38D

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: