Mobiuz tavsiya etadi: o‘zingizga mos tarifni qanday tanlash kerak?

Jamiyat 17:17 / 19.11.2020 13962

Uyali aloqa operatoriga ulanish jarayoni nafaqat didingizga mos raqamni tanlash bilan bog‘liq. Ehtiyojingizga mos tarif rejasini tanlash ham aloqa xizmatlaridan yanada qulay foydalanishda muhim rol o‘ynaydi.

Odatda yangi ulanayotgan abonent ofisdagi operatorga: "Meni ko‘proq megabaytli tarifga ulang" yoki "Men juda ko‘p qo‘ng‘iroq qilaman, asosiysi, daqiqalar yetarli bo‘lsin" deb aytadi. Ya'ni u na kerakli hajmni, na abonent to‘lovining rejalashtirilgan miqdorini aniq aytmaydi. Bunday hollarda operator tashabbusni o‘z qo‘liga olib, bir nechta tariflarni tavsiya qiladi. Mijoz esa tezda u yoki bu mahsulotni tanlashi kerak bo‘ladi.

Mobiuz’ning tavsiyasi – u yoki bu uyali aloqa kompaniyasi yoki dileri ofisiga borishdan avval xizmatlardan foydalanish ehtiyojlaringizni to‘g‘ri baholab oling.

Oyiga qancha Internet kerak? Qo‘ng‘iroq qilish uchun qancha daqiqa kerak bo‘ladi? Ko‘proq qayerga qo‘ng‘iroq qilasiz – tarmoq ichida yoki boshqa uyali aloqa kompaniyalari raqamlarigami? Va eng muhimi, oyiga mobil aloqaga qancha mablag‘ sarflashga tayyorsiz? O‘zingizga ushbu savollarni xayolan berib ko‘ring. Shunda hech bo‘lmaganda ehtiyojlaringiz to‘g‘risida taxminiy tasavvurga ega bo‘lasiz. Bunda smartfondagi ba'zi xizmatlar (masalan, Internetdan) va ilovalardan foydalanish statistikasi ham yordam berishi mumkin.

Masalan, Mobiuz’da abonent to‘lovi oyiga 20 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘lgan 8 ta “Mobi” tarif rejasi bor. Ularning barchasi bir vaqtning o‘zida daqiqa, megabaytlar va SMS to‘plamlarini o‘z ichiga olgan hamda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  • eng kichik “Mobiuz 20” tarifi O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 500 daqiqa, 1 500 MB va 500 SMS’ni o‘z ichiga olgan;
  • Mobi 110 va 150 tariflarida O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar cheksiz;
  • Mobi 50, 70 va 90 da tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar cheksiz;
  • Mobi 30, 40 va boshqa bir qator tariflarda "Super 0" xizmatini yoqish (bir marta 4210 so‘m to‘lanadi) va shu bilan tarmoq ichida bepul suhbatlashish mumkin;
  • shu kunlarda Mobi 70, 90, 110, 150 tariflari va boshqa bir qator tariflarda bir necha marotaba ko‘proq megabaytlar taqdim etilmoqda.

Mobiuz, shuningdek, yillik tarif rejalarini taqdim etayotgan bozordagi yagona operatordir. Bunday tariflarga ulangan abonentlar bir marta haq to‘lab, bir yil davomida har oy daqiqa, MB va SMS to‘plamlarini oladi. Yillik tarif oylikka qaraganda tejamkordir. Masalan, “Mobi 70” tarifi abonent to‘lovi oyiga 70 ming so‘m, “Mobi 70 Yillik”niki esa yiliga 700 ming so‘m. “Mobi 70” dan 12 oy foydalangandan ko‘ra, “Mobi 70 Yillik”ni tanlash afzalroq – abonent naq 140 ming so‘m tejaydi. 

Bundan tashqari, Mobiuz turli maqsadli auditoriyalar uchun bir qator maxsus tarif rejalarini taqdim etib kelmoqda:

  • “Gap yo‘q”, “Gap yo‘q Pro”, "Yorqin" – mobil Internetdan ko‘p foydalanadiganlar uchun tariflardir;
  • “Chilla Lite” – qo‘ng‘iroqlar uchun tarif;
  • “Talaba” va “Talaba+” – oliygohlar talabalari hamda litsey, kollej, texnikum o‘quvchilari uchun;
  • “Maktab” – maktab o‘quvchilari uchun;
  • “O‘qituvchi 1” va “O‘qituvchi 2” - XTV tizimi xodimlari uchun;
  • “Fidokor” va “Fidokor+” – IIV, FVV, Milliy gvardiya, shuningdek, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari xodimlari uchun.

Kompaniyaning barcha tarif rejalari haqidagi qo‘shimcha ma'lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/tariff/

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: