Sergelida o‘tkaziladigan avto-moto shou 26 noyabrga qoldirildi

Jamiyat 00:36 / 18.11.2020 2303

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun munosabati bilan Sergeli tuman hokimligi va SPORT LUXURY EVENTS PROMOTION agentligi hamkorlikda AVTO-MOTO ShOUsini tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, «O‘zgidromet»ning harorat keskin pasayishi haqidagi ogohlantirishidan so‘ng, shou 18 noyabrdan 26 noyabr kuniga ko‘chirilgan.

Demak, 26 noyabr kuni Sergeli avtomobil bozorida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar
  • Karting
  • Drifting
  • Street workout
  • Retro mashinalar
  • F1 simulyatori
  • Baykerlar

Eslatib o‘tamiz, shouga piyodalarning kirishi bepul.

Ko‘proq yangiliklar: