Nukuslik ota aliment o‘rniga uch farzandi uchun uy hadya qildi

Jamiyat 15:59 / 17.11.2020 7595

«Majburiy ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan, qarzdor ota aliment nafaqasini qasddan to‘lamay kelgan va oqibatda 28.06.2018-01.11.2019 yillar oralig‘idagi davr uchun qarzdorlik 18 mln 149,9 ming so‘mni tashkil qilgan.

Shu bois, bo‘lim tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan, tegishli hujjatlar to‘plangan holda Nukus shahar ma'muriy sudiga yuborilgan va 04.12.2019 yilda bo‘lib o‘tgan majlisda sud tomonidan qarzdor otaga 15 kunlik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan keyin ham tegishli xulosa chiqarmagan ota aliment nafaqasini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani oqibatida joriy yilning oktabr oyi holatiga qarzdorlik 33 mln 151,4 ming so‘mdan oshib ketgan.

Shundan keyin, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilganda, qarzdor ota o‘z nomidagi uyini berish istagini bildirdi.

Natijada, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishuvga kelib, alimentchi ota Nukus shahri hududida joylashgan uy hovlisini sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi», – deyiladi MIB matbuot xizmati Kun.uz saytiga taqdim etgan ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: