Andijonda 255 mingta pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Jamiyat 15:27 / 17.11.2020 4028

Viloyat bojxona boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, tadbir Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan va unda umumiy qiymati 63,9 mln so‘mlik pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan bojxona surishtiruvi olib borilmoqda.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185(1)-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan.

O‘tgan hafta Sirdaryo viloyatida 53,4 mln so‘mlik 62 820 dona pirotexnika vositalari aylanmasi to‘xtatib qolingandi.

Ko‘proq yangiliklar: