Tadbirda fuqaro X.M. boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada ushbu avtomashina salonida bir dona qog‘oz qutiga joylangan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 40 million so‘mlik 3360 dona kuchli ta'sir etuvchi «Lirika» dori vositalari borligi aniqlangan.
Toshkentda sifati kafolatlanmagan «Samyun Wan» biofaol ko‘shimchalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.O. shartli xaridorga hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, chet davlatda ishlab chiqarilgan 918 qutida «Samyun Wan» nomli bioaktiv qo‘shimchalarni 8 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.