Namanganda ona chaqalog‘ini 1,9 million so‘mga sotib yubordi

Jamiyat 12:57 / 15.11.2020 7438

Tadbir davomida aniqlanishicha, viloyatning Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yil tug‘ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan chaqalog‘ini Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yil tug‘ilgan fuqaroga 1 900 000 (bir million to‘qqiz yuz ming) so‘mga sotib yuborgan.

Ma'lum bo‘lishicha, farzandini sotgan ayol hali turmushga chiqmagan. Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: